Biz kompaniyani bozor, mahsulot, jamoa, moliya va boshqaruv nuqtai nazaridan tahlil qilamiz. O‘sish nuqtasini aniqlab, resurslar samaradorligini oshirib, aniq ustuvorliklar va strategik yo‘nalish belgilaymiz. Maqsad — nazorat qilinadigan va ishonchli o‘sish.
Kompaniyada samaradorlik ko‘pincha odamlar emas, rol va mas’uliyatlar noaniqligi sabab tushadi. Biz tijoriy bo’limdagi har bir lavozim uchun aniq vazifa, javobgarlik va natija ko‘rsatkichlarini belgilaymiz. Natijada, rahbar “hamma ishni o‘zi qilish”dan chiqib, boshqaruvchi sifatida ishlay boshlaydi.
Biz kompaniyada bilim va tajriba shaxsga bog‘lanib qolmasligi uchun jarayonlarni hujjatlashtiramiz. Reglamentlar — bu byurokratiya emas, balki barqarorlik va takrorlanadigan natija. Tizim shunday quriladiki, kompaniya o‘sishda ham, inqirozda ham barqaror ishlay oladi. Barcha jarayonlarni birgina telefon orqali masofadan boshqarish imkoniga ega bo’lasiz.
Biz qarorlarni his-tuyg‘u bilan emas, raqamlar bilan qabul qilishni yo‘lga qo‘yamiz. Har bir mahsulot, kanal va jarayonning foydaliligi tahlil qilinadi. Natijada biznesdagi har 1 so’m qayerga ketayotgani va qancha daromad keltirayotganini bilamiz. Maqsad — katta “оборот” ortidan quvish emas, balki foydani ko’paytirish.
Asoschining shaxsiy brendi
Tadbirkorning shaxsi — bu faqat imij emas, balki biznesni tezlashtiruvchi omil. Biz asoschini bozor, investorlar va hamkorlar ishonadigan shaxs sifatida pozitsiyalaymiz. To‘g‘ri qurilgan shaxsiy brend kompaniyaga pul, aloqalar va imkoniyatlar olib keladi.
Marketing va sotuv alohida bo‘limlar emas, balki yagona mexanizm sifatida ishlashi kerak. Biz lid tushirishdan boshlab, bitim yopilishigacha bo‘lgan jarayonni tizimlashtiramiz. Natijada kompaniya tasodifiy sotuvlardan — prognoz qilinadigan daromadga o‘tadi.
Natijagacha nazorat qilish
Biz strategiya yoki tavsiyalar bilan cheklanib qolmaymiz. Qarorlar qanday amalga oshirilayotganini va ular real daromadga qanday ta’sir qilayotganini nazorat qilamiz. Bizning ishimiz prezentatsiya bilan emas, kassadagi pul bilan baholanadi.
Har bir loyiha 7 ta asosiy bosqichdan iborat: